Korrupsiyaga qarshi kurash

    Korrupsiyaga qarshi kurash

    ANCOR har qanday shakl va ko‘rinishdagi korrupsiyni qabul qilmasligini ochiq eʼlon qiladi, menejerlar, xodimlar, shuningdek, Kompaniya nomidan va / yoki uning manfaatlari yo‘lida ish ko‘ruvchi boshqa shaxslarga to‘g‘ridan -to‘g‘ri yoki bilvosita, yoki shaxsan har qanday vositachilik, korrupsiya harakatlarida ishtirok etish qat’iy taqiqlanishini bildiradi.

    Korrupsiya - bu mansab vakolatlarini suiiste'mol qilish, pora berish va olish, vakolatini suiiste’mol qilish, tijoriy maqsadlarda pora berish yoki jismoniy shaxsning (mansabdor shaxsning) o‘z xizmat mavqeidan jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga zid ravishda noqonuniy yo‘l bilan pul, qimmatbaho buyumlar, boshqa mulk yoki mulk shaklidagi xizmatlarni yoki mulkiy huquqlarni o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar manfaatlarida yohud ko‘rsatilgan shaxslarga bunday imtiyozlarni boshqa shaxslar tomonidan noqonuniy taqdim etish maqsadida foydalanishdir. Korrupsiya, shuningdek, Kompaniya nomidan va / yoki uning manfaatlari uchun yuqorida ko‘rsatilgan harakatlarni sodir etishdir. 

    ANCOR korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish uchun barcha zarur choralarni ko‘radi.

    Kompaniya rahbariyati korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida korrupsiya sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoki mavjud bo‘lgan faktlar, shuningdek, ularning oldini olish maqsadida korxona xodimlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga undash uchun murojaat qilgan har qanday shaxslar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni o‘z vaqtida olishdan manfaatdor.


    Bizga yozing
    Savollaringiz bormi?
    ANCOR Corporate Websites
    Загрузка...
    Хочу в ANCOR!
    Загрузка...
    Заявка на услугу
    Загрузка...
    Оставить отзыв о работе консультанта
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...