Inklyuzivlik va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik
ANCOR o‘z xodimlarining ijtimoiy va madaniy xilma -xilligini ta'minlashga intiladi va har qanday kamsitish turlarini, kamsitish va ta’qiblarni rag‘batlantirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Kompaniya xilma-xillikning asosi bu – kompaniya xodimlarining yoshi, jinsi, etnik kelib chiqishi, madaniyati, dini, jismoniy, gender xususiyatlari, millati, ijtimoiy kelib chiqishi va boshqa jihatlari bo‘yicha farqlarni hurmat qilish va e'tirof etishidan iborat deb hisoblaydi.
Inklyuzivlik - kompaniyaning korporativ madaniyatida xilma-xilligini ta'minlash, shuningdek, har bir xodimning kasbiy mahoratini, qobiliyatini, boshqa fazilatlari va jismoniy xususiyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish va qiziqtirishdir.
Ishga qabul qilish, kasbiy o‘qitish, boshqa lavozimga o‘tkazish, mas'uliyatlarni taqsimlash, mehnat natijalarini baholash va ish haqi to‘lash haqida qaror qabul qilganda, Kompaniya xodimlari adolat tamoyillariga amal qiladilar, nomzodlar va xodimlarning amaliy va nazariy bilimlari, tajribasi va ko‘nikmalarini inobatga oladilar.
Har bir xodimga o‘qishi, o‘z kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi va kompaniya ichida rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Kompaniya xodimlari o‘rtasida rag‘batlantiruvchi va demotivatsiya qiluvchi omillarni bilish, ularning kasbiy faoliyatini amalga oshirishga ehtimolli mavjud bo‘lgan to‘siqlarini aniqlash uchun muntazam ravishda turli xil so‘rovlar va fikr almashinuvlar o‘tkaziladi.