Ishga qabul qilish davrini autsorsing qilish – bu ishga qabul qilishda korxona rejasiga muvofiq xodimlarni izlash va jalb qilish xizmati yoki ishchilar soni rejadan tashqari o‘sishi oqibatida amalga oshiriladigan jarayon. Bu, ayniqsa, sotuvlar yoki ishlab chiqarish ko'payishi, yangi sotuv maydoninig ochilishi, mavsumiy ishga yollash va shu kabi holatlarda sodir bo’ladi.
Ushbu xizmat quyidagi hollarda dolzarb bo’ladi:
- ko'p sonli xodimlarni yollash kerak bo’lsa
-
loyihani amalga oshirish muddatlari qisqartirilgan bo’lsa
-
xodimlarni tanlash uchun ichki resursni kuchaytirish talab etilsa
-
ish beruvchining brendi bozorda hali yetarlicha tan olinmagan bo’lsa
-
tashkilot kadrlar bo‘limi kuchlarini ustuvor strategik vazifalarga yo’naltiriash maqsadida ishga qabul qilish vazifasini to‘liq yoki qisman tashqi provayderga topshirish rejalashtirilsa.
Ishga qabul qilish jarayonining autsorsingi kelishilgan ishga qabul qilish rejasini amalga oshirishni, bo'sh ish o'rinlarini yopish muddatlariga rioya qilishni, boshqaruvga topshirilgan qidirish va tanlash jarayonlari bo’yicha maqsadlarga erishishni ta'minlaydi, va shuningdek:
- ommaviy va loyiha mutaxassislarini tanlashda vaqtni tejash
-
xodimlarni yollash vaqti va xarajatlarini aniq rejalashtirish
-
xodimlarni yollash xarajatlarini optimallashtirish
-
natijani oshkora baholash, chunki ish tasdiqlangan KPI ga qat'iy muvofiq amalga oshiriladi
Maxsus guruh faqat loyihaning vazifalari ustida ishlaydi, ishga qabul qilish bo'yicha menejerlar va personal bilan ishlash bo'limi bilan tizimli ravishda hamkorlik qiladi, shuningdek ish natijalari bo'yicha muntazam hisobot beradi.
Ankorning afzalliklari:
- Loyihaga individual yondashuv
-
Har qanday ko’lamdagi vazifa va ambitsiyadagi chaqiriqqa javob berishga tayyorlik
-
Keng miqyosdagi iste'dodlarga kirish
-
Resurslarni va qidirish vositalarini strategik rejalashtirish
-
Zamonaviy texnologik yechimlar
-
Ish beruvchi brendi bilan ishlash bo'yicha ekspertiza
-
Doimiy rivojlanish va yuqori moslashuvchanlik
-
Eng yaxshi natija va o'zaro muvaffaqiyatga intilish