Bu xodimlarni qidirish va ishga olish vazifasini provayderga to'liq yoki qisman o'tkazish (masalan, ayrim sohalarni, lavozim toifalarini, ishga qabul qilish jarayonining ayrim bosqichlarini).
Biz yollash jarayonining qanday turlarini autsorsing bilan ta'minlaymiz?
- Ishga qabul qilishning to‘liq davrini autsorsing qilish – bu ishga qabul qilishda korxona rejasiga muvofiq xodimlarni izlash va jalb qilish xizmati yoki ishchilar soni rejadan tashqari o‘sishi oqibatida amalga oshiriladigan jarayon. Bu, ayniqsa, sotuvlar yoki ishlab chiqarish ko'payishi, yangi sotuv maydoninig ochilishi, mavsumiy ishga yollash va shu kabi holatlarda sodir bo’ladi.
- Loyihaga xodimlarni yollash bo'yicha autsorsing – bu yangi ish maydonlarining ochilishi paytida (masalan, ishlab chiqarish liniyalari, omborlar, savdo nuqtalari), mavsumiy ishlarning eng yuqori cho'qqisida yangi ob'ektlar ochish bilan bog’liq holatlarda, yangi loyihalarni ishga tushirish paytida talab qilinadigan ko'p sonli xodimlarni izlash va tanlash xizmati. Ayniqsa bunday xizmat turi nomzodlar oqimi etarli bo'lmagan taqdirda, loyiha byudjetlarini muvofiqlashtirish uchun belgilangan muddatlar va qat'iy tartibga solinadigan sharoitlarda, shuningdek, o'z resurslari etishmasligi sharoitida ayniqsa dolzarb bo'ladi.
Ishga qabul qilish jarayonining autsorsingi (RPO) quyidagilarni ta'minlaydi:
- kelishilgan ishga qabul qilish rejasini amalga oshirish
-
bo'sh ish o'rinlarini yopish muddatlariga rioya qilish
-
boshqaruvga topshirilgan qidirish va tanlash jarayonlari bo’yicha maqsadlarga erishish va shuningdek:
-
xodimlarni yollash vaqti va xarajatlarini aniq rejalashtirish
- natijani oshkora baholash, chunki ish tasdiqlangan KPI ga qat'iy muvofiq amalga oshiriladi
Maxsus guruh faqat loyihaning vazifalari ustida ishlaydi, ishga qabul qilish bo'yicha menejerlar va personal bilan ishlash bo'limi bilan tizimli ravishda hamkorlik qiladi, shuningdek ish natijalari bo'yicha muntazam hisobot beradi.
- Personalni qisman yollash autsorsingi - mijoz xodimlarni izlash va ishga olish funksiyasining bir qismi bo‘lgan HR jarayonlarini bizning jamoamizga topshirishi oqibatida amalga oshadigan xizmatdir. Odatda, bu ichki resurs etishmasligi holatlarida tegishli. Mutaxassislarimiz ommaviy ishga qabul qilish uchun nomzodlar oqimini tashkil qilish, har qanday bosqichda nomzodlarni baholash va malakasiga baho berish, yangi xodimlarni ishga moslashtirish va boshqa muammolarni professional tarzda hal qilishadi.
- “Rekruterni ijaraga olish” xizmati kompaniyaga ishga qabul qilish funksiyasini bajarish uchun tayyor malakali mutaxassisni (yoki bir nechta) qo‘shimcha resurs sifatida jalb qilish imkonini beradi. Bunday xizmat ish hajmining vaqtincha ko'payishi davrida, ichki resurslarning vaqtincha etishmasligi yoki tegishli malakaga ega bo'lgan rekruter bo'lmagan paytda dolzarb masalaga aylanadi. Loyihaning muddati 1 oydan 12 oygacha bo’lishi mumkin.
Ushbu xizmat quyidagi hollarda dolzarb bo’ladi:
- ko'p sonli xodimlarni yollash kerak bo’lsa
-
loyihani amalga oshirishda cheklovlar mavjud bo’lsa
-
xodimlarni tanlash uchun ichki resursni kuchaytirish talab etilsa
-
ish beruvchining brendi bozorda hali yetarlicha tan olinmagan bo’lsa
-
tashkilot kadrlar bo‘limi kuchlarini ustuvor strategik vazifalarga yo’naltiriash maqsadida ishga qabul qilish vazifasini to‘liq yoki qisman tashqi provayderga topshirish rejalashtirilsa.
Ankorning afzalliklari:
- Loyihaga individual yondashuv
-
Har qanday ko’lamdagi vazifa va ambitsiyadagi chaqiriqqa javob berishga tayyorlik
-
Keng miqyosdagi iste'dodlarga kirish
-
Resurslarni va qidirish vositalarini strategik rejalashtirish
-
Zamonaviy texnologik yechimlar
-
Ish beruvchi brendi bilan ishlash bo'yicha ekspertiza
-
Doimiy rivojlanish va yuqori moslashuvchanlik
-
Eng yaxshi natija va o'zaro muvaffaqiyatga intilish