Suhbat: rekruterning savollariga qanday javob berish kerak
    Maqolalar ro'yxatiga

    Suhbat: rekruterning savollariga qanday javob berish kerak

    Suhbat: rekruterning savollariga qanday javob berish kerak

    Oʻzingiz haqingizda gapirib bering

    Bu savol deyarli har bir suhbatda u yoki bu shaklda soʻraladi. Ushbu savolning boshqa shakllari quyidagicha::
    • “Rezyumeyingizning uchta asosiy faktlarini ayting”;
    • “Suhbatimizni nimadan boshlaymiz?”;
    • “Bizga nima haqida gapirib bermoqchisiz?”;
    • “Sizning hozirgi ishingizda qanday majburiyatlaringiz bor?”
    Ikki-uch daqiqali qisqa javobda siz oʻzingizning maʼlumotingiz va ish tajribangiz haqida gapirib berishingiz mumkin, shu bilan birga hozirgi lavozimga eng yaxshi nomzod ekanligingizni koʻrsatasiz.

    Nega ishingizni oʻzgartirishga qaror qildingiz?

    Sizni ish joyini oʻzgartirishga yoki yangisini izlashga undagan sabablar haqida gapirganda, eski kompaniyadagi yoqmagan yoki mos boʻlmagan narsalarga emas, balki sizni yangi kompaniyaga jalb qiladigan narsalarga eʼtibor qarating. Pozitiv boʻling.

    Siz mojaro va kelishmovchiliklar masalasini oʻzingiz koʻtarmasligingiz kerak, hatto ular sodir boʻlgan boʻlsa ham, ayniqsa - sobiq ish beruvchingizni ayblamang.
    Diplomatik javob berishga harakat qiling:
    “Yaqinlashib kelayotgan qayta tashkil etish munosabati bilan, men kompaniyaga endilikda hech qanday foyda keltirolmayman deb oʻylayman”;
    “Ushbu bosqichda men (maʼlum) muammolarni hal qilish orqali oʻz imkoniyatlarimni koʻproq namoyish qilmoqchiman”;
    "Meni professional oʻsish uchun yangi imkoniyatlar qiziqtiradi.”

    Agar suhbatdoshingiz sizning avvalgi kompaniyangizda mojaroga aralashganingizni bilsa, batafsil maʼlumot bermasdan, bu holat oʻziga xos vaziyatlar bilan bogʻliqligini tushuntiring va oldingi ishingizdagi ijobiy jihatlarni taʼkidlang: orttirilgan tajriba, foydali koʻnikmalar, muhim aloqalar va boshqalar.

    Nima uchun bu ish sizni qiziqtirmoqda?

    Ushbu savolga javob berayotganda koʻrilayotgan ishda foydali boʻlishi mumkin boʻlgan kasbiy fazilatlar va koʻnikmalarni taʼkidlang. Suhbatdan oldin kompaniya faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot toʻplaganingizni namoyish eting. Shuni esda tutingki, sizning soha toʻgʻrisida bilimingizning yetarli emasligi, kompaniyaning faoliyat sohasiga boʻlgan qiziqishingizning sustligi ishga qabul qilishdan bosh tortish sabablaridan biri boʻlishi mumkin.

    Agar siz ushbu lavozimga qabul qilinadigan boʻlsangiz, birinchi qadamlaringiz qanday boʻladi?

    Ushbu savol koʻpincha rahbar lavozimiga daʼvogarlardan soʻraladi. Siz oʻzingizning ishonchingiz, tashabbuskorlik, tahlil qilish va rejalashtirish qobiliyatingizni namoyish etishingiz kerak. Hamma narsaga tayyor ekanligingizni aytib, meʼyordan oshirib yubormang! Shuningdek, tub oʻzgarishlarni taklif qilishdan ehtiyot boʻling, ayniqsa, ishlarning holati va qoʻyilgan vazifalar bilan batafsil tanishish imkoniga ega boʻlmasdan turib.

    Besh-oʻn yildan keyin oʻzingizning professional mavqeingizni qanday tasavvur qilasiz?

    Oddiy va aniq javob bering. Hech qanday oʻziga xos javob oʻylab topish shart emas, oʻzgacha boʻlishga urinmang. Shu bilan birga, keraksiz maqsadlarni aytishdan ehtiyot boʻling, ayniqsa, agar ularga erishish ushbu ish va kompaniya bilan bogʻliq boʻlmasa. Quyidagicha javob berishingiz mumkin, masalan: “Men sizning tashkilotingizda ishlashni davom ettirmoqchiman, ammo yanada murakkab muammolar bilan, yanada masʼuliyatli lavozimda."

    Siz qanday miqdordagi maosh olishni moʻljallayapsiz?

    Maosh mavzusini oʻzingiz koʻtarmang - bu haqda suhbatdoshingizdan savol kuting. Kutilayotgan daromad darajasi haqidagi savolga rost, toʻgʻridan-toʻgʻri va xotirjamlik bilan javob berish kerak: oldindan tayyorgarlik koʻrishingiz va ish haqi, ijtimoiy va kompensatsion paketlari boʻyicha minimal va eng maqbul rejalaringizni bildirishga tayyor boʻlishingiz kerak.

    Sizning kuchli tomonlaringiz qanday?

    Bunday savollarga javob berish ham, shuningdek, oldindan tayyorgarlikni talab qiladi. Kuchli tomonlar haqidagi savolga javob berishda, avvalo ushbu faoliyat turi uchun, aytilgan muammolarni hal qilish uchun foydali boʻlgan fazilatlarni taʼkidlang. Ushbu fazilatlarni oʻqish yoki avvalgi ishingizdagi dvomidagi hayotingizdan misollar bilan tasdiqlang.

    Sizning zaif tomonlaringiz qaysi?

    Javob berayotganda soxtalik bikan javob bermang, masalan: “Mening kamchiligim shundaki, men oʻta masʻuliyatli odamman" - bu shunchaki javobdan qochayotgandek taassurot qoldirishi mumkin. Sizning fazilatlaringizning mantiqiy davomi boʻlishi mumkin boʻlgan kamchilikni aytgan maʼqulroq, masalan: “Baʼzan odamlar mening qatʼiyatim va faolligimni sabrsizlik deb qabul qiladilar. Biroq, endi oʻz fikrlarimni aniqligni nazorat qilishga harakat qilaman”.

    Suhbatga tayyorgarlik nafaqat suhbatdoshning vaqtini hurmat qilish, balki oʻziga boʻlgan ishonchni soʻzsiz oshirishdir!
    Boshqa maqolalar
    ANCOR Corporate Websites
    Загрузка...
    Хочу в ANCOR!
    Загрузка...
    Заявка на услугу
    Загрузка...
    Оставить отзыв о работе консультанта
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...