Yaxshi rezyumening xususiyatlari: oʻzingizni tekshiring!
    Maqolalar ro'yxatiga

    Yaxshi rezyumening xususiyatlari: oʻzingizni tekshiring!

    Yaxshi rezyumening xususiyatlari: oʻzingizni tekshiring!

    Tuzilmalilik

    Rezyumedagi barcha maʼlumotlar tartib bilan taqdim etilishi kerak.

    Tanlov

    Kasbiy tajribangizni tahlil qiling va undan siz daʼvogarlik qilayotgan lavozimga mos keladigan jihatlarni tanlang. Ushbu oʻziga xos fazilatlar/koʻnikmalar/yutuqlar/tajribaga tavsifiga eʼtiboringizni qarating.

    Xolislik

    Tajriba va koʻnikmalarni tavsiflashda haqiqat va realikka sodiq qoling. rezyumeda koʻrsatilgan hamma narsani asoslashga tayyor boʻlishingiz kerak.

    Qisqalik

    Rezyumening uzunligi ikki varaqdan oshmasligi, shuning uchun maʼlumot qisqacha taqdim etilishi kerak, bunda ish beruvchi uchun eng muhim bandlarga eʼtibor qaratiladi.

    Aniqlik

    Rezyume raqamlarni yaxshi koʻradi! Quyidagicha yozmasligingiz kerak: Men tezda yangi bilimlarni oʻrganaman. Quyidagicha yozishingiz kerak: 2 hafta ichida yangi koʻnikmalarni oʻzlashtirdim.

    Faollik

    Ezmalik qilmang va nofaol gaplardan saqlaning. Harakat feʼllari yordamida erishilgan natijalarni taʼkidlab oʻting. Quyidagicha yozmasligingiz kerak: loyihani amalga oshirish uchun javobgar edim. Quyidagicha yozishingiz kerak: loyihani 1 sentyabrgacha yakunladim.

    Pozitivlik

    Axborotni taqdim etishda ijobiy usulni tanlang, yutuqlaringizga eʼtibor qarating. Quyidagicha yozmasligingiz kerak: ... boʻyicha shikoyatlar bilan shugʻullanganman Quyidagicha yozishingiz kerak: ... boʻyicha muammolarni hal qilishda mijozlarga faol yordam berganman.

    Rezyume yozishda va orzu qilgan kasbingizni tanlashingizda omad tilaymiz!
    ANCOR Corporate Websites
    Загрузка...
    Хочу в ANCOR!
    Загрузка...
    Заявка на услугу
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...
    Logo ANCOR
    Загрузка...