Qanday qilib rezyumeni toʻgʻri yozish kerak: tuzilishi va maslahatlar
Rezyume - bu boʻlajak ish beruvchi uchun eng muhim ish tajribasi va nomzodning tegishli kasbiy koʻnikmalari va bilimlarining qisqa xulosasi.
Rezyumeni oʻqish uchun professional rekruterlar 9 soniyadan vaqt sarflashlarini bilasizmi?
Shuning uchun rezyumeni bir qancha jihatlarga eʼtibor bergan holda yozish muhimdir:
- aniq;
- toʻliq;
- tuzilmali.
Rezyumening toʻgʻri tuzilishi
Tavsiya etilgan rezyume formati 2 betdan oshmasligi kerak.Rezyume quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
- Bogʻlanish uchun maʼlumot: Toʻliq ism-sharif, manzil (shahar), bogʻlanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili.
- Ish tajribasi: siz ishlagan kompaniyalar nomi va faoliyat yoʻnalishi, ishlagan davringiz, lavozim, ish vazifalar va yutuqlar.
- Maʼlumotingiz: taʼlim muassasalarining nomlari, oʻqishning boshlanish va tugash sanalari, qoʻshimcha taʼlim (treninglar, malaka oshirish kurslari, amaliyotlar).
- Kasbiy koʻnikmalar: xorijiy tillar, kompyuter, maxsus dasturlar va uskunalarni bilish darajasi, haydovchilik guvohnomasining mavjudligi.
- Shaxsiy maʼlumotlar: tugʻilgan sana, oilaviy holat, yashash joyi (shahar, metro bekati). Oʻzingizning sevimli mashgʻulotingiz haqida maʼlumotni shu yerga qoʻshishingiz mumkin.
Rezyumega nimani kiritish shart emas
- quyidagi sarlavhalarni olib tashlang: “Rezyume”, “CV” va boshqalar (hujjat koʻrinishidan gap nima haqida ekanligi allaqachon aniq);
- sizning butun faoliyat biografiyangi (aslida, boʻlajak ish beruvchini faqat oxirgi 3-5 ish joyi va 10 yildan ortiq boʻlmagan muddat qiziqtiradi);
- jismoniy maʼlumotlar va salomatlik holati haqidagi maʼlumotlar;
- norasmiy muhitdagi fotosurat, juda kichik yoki juda katta oʻlchamdagi surat; taʼtildagi fotosurat va shunga oʻxshash narsalar.
- muvaffaqiyatsiz loyihalar;
- ishdan ketishingiz sabablari;
- tavsiyanomalar yoki sizni tavsiya qilishi mumkin boʻlgan shaxslarning ismlari. Ushbu roʻyxatni alohida tayyorlang, bu sizga suhbat davomida foydali boʻlishi mumkin.
Rezyumeni kamchiliklardan holi ekanligini tekshiring
- rezyume yozilgan tilni yaxshi biladigan odamdan uni tekshirib berishini soʻrang.
- hamma narsa ketma-ket joylashtirilganligini tekshiring: masalan, agar siz qisqartmani bir marta ishlatgan boʻlsangiz, uni rezyumeyingiz davomida takrorlang (lekin barcha nomlarni toʻliq keltirganingiz maʼqul).
- juda uzun iboralar, qiyin va tushunarsiz soʻzlar va qisqartmalar yoʻqligini tekshiring.
- rezyumeyingiz bir xil uslubda ekanligiga ishonch hosil qiling.
- oʻqilishi oson formatni tanlang: katta maydonlar, kichik boʻlmagan, lekin juda katta ham boʻlmagan shrift, satrlar oraligʻi yetarlicha.
- rezyumeyingizni Word formatida yuborganingiz maʼqul.